AQSh davlat departamenti Ramzan Qodirov va uning oilasiga qarshi sanksiyalar kiritdi

AQSh Davlat departamenti Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov, uning rafiqasi Medni va qizlari Ayshat va Xadijatga qarshi sanksiyalar qo‘lladi, deya xabar beradi “Vedomosti”.

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeoning aytishicha, Qodirov respublikada inson huquqlarining keskin buzilishiga yo‘l qo‘ygan, Checheniston rahbarining inson huquqlarini ko‘p marta jiddiy ravishda buzgani, jumladan, qotillik va qiynoqlarga aloqadorligi haqida ishonchli ma’lumotlar mavjud.

Yangi sanksiyalarga javoban Ramzan Qodirov Telegram kanaliga qo‘lida qurol ko‘targan fotosuratni joylashtirgan va rasm ostiga “Pompeo, biz jangni qabul qildik! Buyog‘i qiziq bo‘ladi!” — deya izoh yozgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh moliya vazirligi 2017-yil dekabrida Qodirovga qarshi sanksiyalar kiritgan. U o‘sha paytda “Magnitskiy ro’yxati”ga kiritilgan.

Янгиликлар