Farg‘onada “Nexia” haydovchisi velosipeddagi shaxsni urib yubordi

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida 20-iyun kuni fuqaro X.M. “Nexia” rusumli avtomashinasida “Sulton” mahallasining qatnov qismini kesib o‘tayotgan velosipedchi A.Y.ni urib yubordi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB xabar berdi.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Halokat oqibatida A.Y. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Farg‘onada “Nexia” haydovchisi voyaga yetmagan piyodani urib yuborgani haqda xabar qilgan edik. Shuningdek, Bag‘dod tumanida “Matiz” va “Damas” ishtirokidagi YTHda bir kishi jarohat olgan edi. Bundan tashqari, Toshloq tumanida “Nexia-2” tut daraxtiga urilishi oqibatida undagi yo‘lovchi halok bo‘lgan.

Янгиликлар