O‘zbekistonda bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish uchun onlayn ariza berish qayta ishga tushirildi

O‘zbekistonda bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish xizmati qayta ishga tushirildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi direktorining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sevara Zokirova ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, bunda faqat ariza berish va navbatni tekshirish imkoni mavjud. Buning uchun ariza raqamini bilish kerak.

Avvalroq bolalarni bog‘chaga joylashtirish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ariza yuborish xizmati ishlamayotganligi haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар