Sergeli tumanidagi qator mahallalar Yangi hayot tumani tarkibiga o‘tkaziladi

 

Sergeli tumani hududidagi 13ta mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarini to‘liq hamda 6 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari hududining bir qismini yangi tashkil etilayotgan Yangi hayot tumani tarkibiga o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida tegishli hujjat loyihasi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Sergeli tumanidagi Al-Farg‘oniy, “Viqor”, “Chorbog‘”, “Yorqin hayot”, “Yo‘ldosh”, “Charog‘on”, “Do‘stlik”, “Navqiron”, “Olchazor”, “Tashabbus”, “Yangi umid”, “Yangi Choshtepa”, “Humo” mahalla fuqarolar yig‘ini to‘liq  va “Daryo bo‘yi”, “Qipchoq”, “Sofdil”, “Past darxon”, “Jo‘nariq”, “Choshtepa” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarining bir qismi o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarni hal etish tartibi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq mazkur mahalla fuqarolar yig‘inlarini yangi tashkil etilayotgan Yangi hayot tumani tarkibiga o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligini olish maqsadida Toshkent shahar hokimligiga taklif kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 29 may kuni Toshkentning Sergeli tumaniga tashrifi chog‘ida poytaxt hokimligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunadigan Yangi hayot kichik tumanini tashkil etishni taklif qilgandi.

Янгиликлар