Qashqadaryoda shifokor SO‘V apparatidan uzib qo‘yganda koronavirus bemorining ahvoli qanday kechishini homilador ayolda sinab ko‘rsatdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokori koronavirus bilan og‘rigan bemorlar holati haqida gapirgan videosi tarqaldi.

Uning ta’kidlashicha, kasallik juda jiddiy, shuning uchun fuqarolar uyda qolishi va karantin tartiblariga rioya qilishi zarur. Shifokor COVID-19 infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlar qanday ahvolda ekanini aniq ko‘rsatgan.

Videoda koronavirus bilan og‘rigan homilador ayol ko‘rsatilgan bo‘lib, mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, u SO‘V (sun’iy o‘pkani ventilyatsiyalash) apparatisiz hatto 20 soniya ham nafas ololmaydi. Shifokor apparatdagi kislorod oqimini kamaytirgan va natijada ayolning yurak urishi tezlashganini ko‘rsatgan. Shundan so‘ng yana apparatni avvalgidek sozlab qo‘ygan.

Shifokor, shuningdek, o‘z xavfsizligi uchun ikkitadan kombinezon va uch qavat tibbiy niqob taqqanini aytgan.

Янгиликлар