Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot xodimlarini ishga taklif etadi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent viloyati Zangiota tumani Ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga shifokor va hamshiralarni bir qator mutaxassisliklar bo‘yicha ishga taklif etishini ma’lum qildi.

Mutaxassisligi bo‘yicha shifokorlar:

Anesteziolog-reanimatolog;
Infeksionist;
Epidemiolog;
Vrach-laborant;
Vrach-rentgenolog va boshqa barcha mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlar.

Hamshiralar:

Reanimatsiya hamshirasi;
Palata hamshirasi va boshqa barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rta tibbiyot xodimlari;
Kichik tibbiyot xodimlari.

Xabar berilishicha, 14 kunlik ish faoliyati uchun ish haqi joyida beriladi va quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Shifokorlar — 25 million so‘m;
Hamshiralar — 15 million so‘m;
Kichik tibbiyot xodimlari — 10 million so‘m.

Ma’lum qilinishicha, ko‘ngilli tibbiyot xabarlarini ishga qabul qilish ularning yashash joyidan qat’i nazar, respublikaning barcha hududlaridan amalga oshiriladi. Hududlardan ishga qabul qilinganlar bepul yotoq-joy bilan ta’minlanadi.

Tibbiyot xodimlari yotoq-joy, uch mahal bepul ovqat va to‘liq shaxsiy himoya bilan ta’minlanadilar.

Ishlashni xohlovchilar Sog‘liqni saqlash vazirligining xodimlar bo‘limiga murojaat qilish mumkinligi ma’lum qilindi.

Murojaat uchun telefonlar: +998 71 241-12-02, +998 71 241-18-70; +998 71 241-54-54.

Avvalroq Zangiota tumanida koronavirus bemorlarini davolash uchun qurilgan kasalxonadagi joylar yana 1000 oʻringa koʻpaytirilishi ma’lum qilingan edi.

Keyinchalik Toshkentda 10 ta xususiy klinika koronavirus bilan kasallanganlarni qabul qilishini ma’lum qildi. Bemorlar uchun 2300 dan ziyod o‘rin-joylar tashkil etildi.

Янгиликлар