Farg‘onada “Labo” avtomashinasi haydovchisi velosipeddagi fuqaroni urib yubordi
Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida “Labo” avtomashinasi velosipedda harakatlanib ketayotgan shaxsni urib yubordi, deb xabar berdi viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati.
Fuqaro T.R. 4-iyul kuni boshqaruvidagi “Labo” rusumli avtomashinasini “Soy bo‘yi” MFY hududida boshqarib ketayotib, harakat boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetida velosipedda harakatlanib ketayotgan X.M.ni urib yuborgan. Oqibatida X.M. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Farg‘onada “Nexia” haydovchisi velosipeddagi shaxsni urib yuborgani, Namanganda velosipedchini kaltaklagan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, Zominda “Lasetti” velosipedchini urib yuborgani tasvirlangan video bo‘yicha IIV hodisa tafsilotlarini oshkor qilgani haqida xabar berilgandi.