Uchko‘prikda “Nexia” haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida 12-iyul kuni “Nexia” haydovchisi yo‘lning qatnov qismini kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, fuqaro Q.B. boshqaruvidagi “Nexia” avtomashinasini “Katta Qashqar” mahallasi hududida boshqarib ketayotib, qatnov qismini kesib o‘tayotgan piyoda I.R.ni urib yuborgan. Oqibatda I.R. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati

Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati

Avvalroq Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida “Damas” va “Matiz” avtomashinalari to‘qnashishi oqibatida bir nafar haydovchi vafot etgani, Uchko‘prik tumanida “Nexia” haydovchisi velosipedchini urib yuborgani haqda xabar berilgandi.