O‘zbekistonga Xitoydan yana 1000 ta kislorod konsentratori olib kelindi

O‘zbekitonga 26-iyul, yakshanba kuni Xitoydan 1000 ta kislorod konsentratori, tibbiyot uskunalari, dori va himoya vositalari keltirildi. Bu haqda “O‘zbekiston24” telekanali xabar berdi.

Kadr: Telegram

Xitoydan keltirilgan yuklar Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan qabul qilinib olindi. Ushbu yukning umumiy qiymati 20 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Keltirilgan tibbiy buyumlar respublika bo‘ylab karantin rejimini ta’minlashga jalb qilingan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar, tibbiy shaxslar va boshqa muhtoj shaxslar hamda bugungi kunda faoliyat yuritayotgan va qurilgan shifoxonalarga tarqatiladi.

Avvalroq O‘zbekistonga Xitoydan 1300 ta kislorod konsentratori va 20 ta PZR sinov apparati keltirilgan edi. Shuningdek, Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi 500 ta kislorod balloni xarid qilgani haqida xabar berilgan.

Янгиликлар