Samarqandda 26 nafar fuqaroda koronavirus qayd etildi

O‘zbekistonda 26-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 140 nafarga ko‘payib, 20 531 nafarni tashkil etmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra yangi kasallanish holatlarining 26 nafari Samarqand viloyatida aniqlangan.

Shuningdek, 83 nafari Toshkent shahrida, 31 nafari Farg‘ona viloyatida qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, Toshkent viloyatida 67 nafar, Samarqand viloyatida 64 nafar, Toshkent shahrida 44 nafar, Surxondaryo viloyatida 44 nafar, Andijon viloyatida 38 nafar, Farg‘ona viloyatida 11 nafar hamda Sirdaryo viloyatida 6 nafar — jami 274 nafar bemor tuzaldi.

Ayni paytga qadar 11 105 nafar bemor sog‘aydi. Davolanayotganlar soni 9310 nafarni tashkil etmoqda.

Avvalroq Toshkentda koronavirusga chalingan 32 yoshli homilador ayol vafot etib, mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 116 nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi.