O‘zbekistonda har bir investitsiya loyihasi korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-iyul, dushanba kuni yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda Davlat xaridlari va investitsiya loyihalarida korrupsiyaga chek qo‘yish masalasiga e’tibor qaratilgan. Moliya vazirligiga bu borada shaffoflikni ta’minlash, jamoat nazorati va raqobatni kuchaytirish maqsadida Davlat xaridlari axborot portalini ishga tushirish topshirilgan.

“Endilikda har bir investisiya loyihasi korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilishi belgilandi. 2021-yildan boshlab ushbu tizim markazlashgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladigan barcha loyihalarga tatbiq etiladi”, — deyiladi rasmiy xabarda.

Avvalroq ushbu selektorda O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish strategiyasi ishlab chiqilishi ma’lum qilingan edi. Shuningdek, O‘zbekistonda “Insofli soliq to‘lovchi” tizimi shakllantirilishi xabar qilindi.

Янгиликлар