Quvasoyda bedarak yo‘qolgan fuqaro Toshkent viloyatidan topildi

Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida yashovchi 33 yoshli qidiruvda bo‘lgan fuqaro Iqbol Komiljonov topildi. Bu haqida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Quvasoy shahar “Qo‘chqorchi” MFY Zamondosh ko‘chasi 92-uyda istiqomat qiluvchi 33 yoshli Komiljonov 20-iyun kuni uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo‘limi hamda Quvasoy shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida bedarak yo‘qolgan Komiljonov Iqbol Toshkent viloyati Bektemir tumanidan topilib, ota-onasiga sog‘-salomat holda topshirildi.

Avvalroq Farg‘onada bedarak yo‘qolgan 27 yoshli qiz qidirilayotganligi haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek, Jizzaxda fuqaroning sport bilan shug‘ullanish uchun yugurishga chiqib, bedarak yo‘qolgani, uning bosh va ensa sohasiga qattiq to‘mtoq jism bilan urib, “Obod” mahallasi ma’muriy binosi ro‘parasidagi chuqurga ko‘mib yuborilgani aniqlangandi.

Янгиликлар