Farg‘onada bedarak yo‘qolgan 27 yoshli qiz qidirilmoqda

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan 27 yoshli qiz qidirilmoqda, deya xabar berdi viloyat Ichki ishlar axborot xizmati.

Foto: Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi

Qo‘qon shahri A.Temur ko‘chasi 23-uy 11-xonadondan 28-may kuni noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmagan 27 yoshli Dilafruzxon Otaboyeva qidirilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qizning bo‘yi 155—160 sm, sochi va ko‘zlari qora. Uning egnida qora rangli shim va futbolka, oyog‘ida qora rangli tufli bo‘lgan.

Viloyat IIB axborot xizmati Otaboyevaning turar joyi haqida biror ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolarni quyidagi raqamlarga murojaat etishlarini so‘raydi:

73-244-02-76, 73-244-02-85 yoki 102.

Avvalroq Quvasoyda qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olingani va Navoiydagi daryodan 45 yoshli erkakning murdasi topilgani haqida xabar berilgandi.