Bill Geyts AQShdagi koronavirus testlarini “vaqtni behuda sarflash” deb atadi
“Microsoft” kompaniyasi asoschisi Bill Geyts AQShdagi koronavirus uchun test sinovlarining aksariyati vaqtni behuda sarf qilishini ta’kidladi. Kompaniya asoschisi bu haqda “CNBC”ga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
Bill Geytsning so‘zlariga ko‘ra, test sinovlarining javobi aksar hollarda 48 soatdan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Bu vaqt mobaynida esa inson boshqalar bevosita muloqotda bo‘lib, kasallik yuqtirishi mumkin.
“Bu ahmoqgarchilikdan boshqa hech narsa emas. Siz testning javobini 48 soatdan so‘ng olasiz va uni hech kimga aytishning hojati qolmaydi. Ushbu sinovlarning barchasi vaqtni behuda sarflashdir. Umuman, test o‘tkazilganligi haqidagi raqamlarning barchasi vaqtni behudaga sarflash xolos”, — deydi tadbirkor.
Qayd etilishicha, test natijalari iloji boricha tezroq chiqishi kerak, shunda koronavirus bilan kasallangan odam o‘z xatti-harakatlarini nazorat qilib, boshqalarga kasallik yuqtirish xavfini tug‘dirmaslikka harakat qiladi. Shuningdek, u kam daromadga ega bo‘lgan fuqarolar test natijalarini 24 soatdan ko‘p kutmasligi kerakligini ta’kidlagan.
Avvalroq Donald Tramp AQShda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashishini ma’lum qilgandi. Ta’kidlanishicha, prezident amerikaliklarga niqob taqib, himoya vositalaridan foydalanishni, ijtimoiy masofani saqlashni tavsiya qilgan.