O‘zbekistonda avgust oyining boshida ob-havoning salqin va quruq bo‘lishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda iyul oyining oxiri va avgust oyining birinchi haftasida salqin va quruq ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga Volgabo‘yidan nam va salqin havo oqimi kirdi. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ob-havo bulutli bo‘ladi, ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 28-33 darajagacha pasayadi.

“Ertaga, 31-iyul kuni nam va salqin havo butun respublika hududiga tarqaladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qorqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechga borib qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

Kunduzgi harorat 30-33 darajagacha pasayadi, Qurbon hayiti bayrami kuni respublika hududlarida salqin havo kutilmoqda.

1-avgustda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘irlar faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kuzatilishi mumkin, mamlakatimizning qolgan hududida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, harorat 30-33 daraja atrofida bo‘ladi.

2-avgustda respublikamizning katta qismida ob-havoning yana ham bulutli va quruq bo‘lishi kutilmoqda, faqat ba’zi tog‘li va tog‘oldi hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Keyingi haftada ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat asta ko‘tariladi va yana 36-39 darajani tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning tog‘li va tog‘oldi hududlarida 31-iyuldan 2-avgustga qadar sel kelishi kutilayotgani xabar qilingandi.

Янгиликлар