O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 23 ming nafardan oshdi

O‘zbekistonda 30-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 206 nafarga ortib, 23 078 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining:

  • 130 nafari Toshkent shahrida;
  • 40 nafari Buxoro viloyatida;
  • 20 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 7 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytga qadar Toshkent shahrida 276 nafar, Toshkent viloyatida 152 nafar, Andijon viloyatida 33 nafar, Sirdaryo viloyatida 22 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar, hamda Buxoro viloyatda ham 6 nafar, jami 495 nafar bemor tuzaldi.

O‘zbekistonda 13 432 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (58 foiz) sog‘aygan. 9 512 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Янгиликлар