Samarqand shahrida ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan moddiy yordam puli berildi (foto)

Samarqand shahridagi 918 ta ehtiyojmand oilaning har biriga 30-iyul kuni 1 million so‘mdan moddiy yordam pullari tarqatildi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Samarqand shahar hokimligi matbuot xizmati

Ta’kidlanishicha, mazkur xayriya va ko‘mak tadbirlarida shahar hokimi Boburmirzo Oblaqulov ham ishtirok etib, hayit ayyomi munosabati bilan xonadon egalarini tabriklagan va ularga ajratilgan pullarni topshirgan.

Foto: Samarqand shahar hokimligi matbuot xizmati

Foto: Samarqand shahar hokimligi matbuot xizmati

Avvalroq Buxoroda 14 mingga yaqin ehtiyojmand oilaga moddiy yordam tarqatilayotgani haqda xabar berilgandi. Ta’kidlanishicha, jarayonda har bir fuqaroga 200 ming so‘m miqdorida va 11 turdagi zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari ham berilgan. Shuningdek, Andijon shahridagi 2800 ta ehtiyojmand oilaga arafalik ehsonlar tarqatilgani xabar qilingan.

Янгиликлар