Andijonda koronavirusga chalinganlar soni 23 nafarga ortdi
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 30-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 22 872 (+287) nafarni tashkil etmoqda.
Shulardan 23 nafari Andijon viloyatida qayd etildi.
Yangi kasallanish holatlarining barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Viloyatda jami kasallanish holatlari soni 976 taga yetdi. Samarqandda 788 nafar bemor COVID-19’dan butunlay sog‘aygan bo‘lsa, Bir nafar bemor hayotdan ko‘z yumgan.
Ayni paytda mamlakatda 12 937 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (57 foiz) sog‘aygan.
Hozirda 9 803 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 365 nafari og‘ir, 172 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.