O‘zbekistonda bir kechada 287 kishida koronavirus aniqlanib, jami kasallanganlar soni 22 872 taga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 30-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra 22 872 (+287) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanganlarning

  • 58 nafari Toshkent shahridagi karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida;
  • 116 nafari Toshkent viloyatida;
  • 43 nafari Samarqand viloyatida;
  • 23 nafari Andijon viloyatida;
  • 15 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 11 nafari Navoiy viloyatida;
  • 11 nafari Namangan viloyatida;
  • 10 nafar Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda mamlakatda 12 937 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (57 foiz) sog‘aygan.

Hozirda 9803 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 365 nafari og‘ir, 172 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Янгиликлар