Istanbuldagi Avliyo Sofiya ibodatxonasi yana masjidga aylantirildi

Istanbuldagi Avliyo Sofiya ibodatxonasi yana masjidga aylantirildi, deb xabar bermoqda Reuters.

Foto: “Yandex”

Qayd etilishicha, sud Turkiya vazirlar kengashining ibodatxonaga muzey maqomini berish haqida 1934-yildagi qarorini noqonuniy deb topdi va uni bekor qildi.

CNN Turk telekanalining ma’lum qilishicha, 10-iyuldan boshlab bu yerda islom arkonlariga binoan diniy marosimlar o‘tkaziladi.

5-iyun kuni rrezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘z yordamchilariga Avliyo Sofiya ibodatxonasi rasman masjidga aylantirish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazishga ko‘rsatma bergan. 2-iyul kuni Turkiya Oliy sudi Istanbuldagi ushbu ibodatxona maqomini prezident qarori bilan o‘zgartirish mumkinligi to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Ma’lumot uchun, Avliyo Sofiya ibodatxonasi Imperator Yunstinian buyrug‘I bilan milodiy VI asrda bunyod etilgan. Turklar Konstantinpolni bosib olganidan so‘ng uni masjid qilishgan, ammo 1935-yilda prezident Otaturk unga muzey maqomini bergan.

Avliyo Sofiya ibodatxonasi 1985-yilda UNESCO’ning butunjahon merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Янгиликлар