Donald Tramp AQShda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashishini ma’lum qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat koronavirusni yengishidan oldin juda og‘ir vaziyatga duch kelishi mumkinligini ma’lum qildi. Prezident bu haqda bir necha oy ichida ilk marta o‘tkazilgan koronavirus bo‘yicha brifingda aytib o‘tdi, deya xabar berdi “Reuters”.

Foto: “Associated Press”

Ta’kidlanishicha, Tramp amerikaliklarga niqob taqib, himoya vositalaridan foydalanishni, ijtimoiy masofani saqlashni tavsiya qilgan. Bundan tashqari, prezident odamlarni gavjum joylarga bormaslikka chaqirgan.

Avvalroq AQShda koronavirus vaksinasi sinovining birinchi bosqichi muvaffaqiyatli o‘tgani ma’lum qilingandi. Ta’kidlanishicha, Amerikaning “Moderna” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksina sinovning birinchi bosqichida odamlarda virusga qarshi immunitetni kuchaytirganligini ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining sobiq eksperti Klaus Shtor dunyoning 80 foiz aholisi vaksinasiz qolishini aytgan. Uning fikricha, 2021-yilning boshigacha dunyo aholisi 7,5 milliard kishiga yetishiga qaramay, dunyoda atigi yarim milliard doza vaksina mavjud bo‘ladi.

Янгиликлар