Farg‘onada yana 4 nafar koronavirus tasdiqlangan bemor sog‘aydi

Farg‘ona viloyatida 4 nafar koronavirusga chalingan bemor sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 14-iyul kuni O‘zbekistonning 4 ta hududida koronavirusga chalingan 44 kishi sog‘aygan. Mamlakatda tuzalganlar soni 8074 nafarga yetgan.

Avvalroq 14-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, mamlakatda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 281 nafarga oshib, 13 872 kishini tashkil etgani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар