Yana 9 nafar kadastr rahbari ishdan bo‘shatildi

Kadastrda 17-iyul kuni yana 9 nafar rahbar lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “Davergoyedezkadastr” qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l, Shomanay, Taxtako‘pir, Beruniy, Ellikqal’a tumani va Nukus shahri, Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hamda Buxoro viloyatining Kogon tuman “Yermulkkadastr” korxonalari rahbar va xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi.

Avvalroq “Davergoyedezkadastr” qo‘mitasi tozalash ishlari boshlangani va 7 ta rahbar lavozimini suiiste’mol qilgani, xalqning muammolariga chuqur o‘rganib, yechim topmagani uchun ishdan bo‘shatilgan edi.

Янгиликлар