O‘zbekiston aholisi olti oyda 286,5 ming kishiga o‘sib, 34 mln kishidan oshdi

O‘zbekiston aholisi 2020-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, 34 million 191,7 ming kishini tashkil etib, yil boshidan buyon 286,5 ming kishiga o‘sdi, deb xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati.

Xabarda aytilishicha, aholining 17 million 195,9 ming kishisi erkaklar va 16 million 995,8 ming kishisini ayollar tashkil etgan. Jami aholidan 17 million 301 ming kishi shahar joylarda va 16 million 890,7 ming kishi qishloq joylarda istiqomat qilmoqda. Shuningdek, yanvar—iyun oylarida respublikaga 78,8 ming kishi ko‘chib kelgan bo‘lsa, 82,9 ming kishi O‘zbekistondan ko‘chib ketgan.

Bundan tashqari, 6 oy mobaynida 75,5 mingta nikoh qayd etilgan bo‘lsa, undan 12,8 mingtasida ajrim holatlari kuzatilgan. 2020-yil yanvar—iyun oylarida 365,2 mingta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan, 74,6 ming kishi esa vafot etgan.

Avvalroq O‘zbekiston aholisi soni haqida yangi ma’lumot berilgani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар