O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Markaziy bank 21-iyuldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Infografika: Markaziy bank

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 15,43 so‘mga oshib, 10 210,39 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa 148,12 so‘mga qimmatlab, 11 666,39 so‘m bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan hafta dollarning rasmiy kursi 10,23 so‘mga oshib, 10 194,96 so‘mni, yevro esa 11 518,27 so‘mni tashkil etgandi.

Avvalroq Markaziy bank xorijdan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari yana jonlanganini ma’lum qilgandi.

Янгиликлар