O‘zbekistonda sanitariya-epidemiologiya sohasidagi ikki agentlik faoliyati tugatiladi

O‘zbekistonda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari tashkil etilishi xabar qilingandi.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati tashkil etilayotganligi munosabati bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va ularning hududiy bo‘linmalari tugatiladi.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning hududiy bo‘linmalari tegishlicha Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi, shuningdek, ularning hududiy bo‘linmalari huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorislari hisoblanadi.

Avvalroq O‘zbekistonda tibbiyot OTMlarining grant asosida tahsil olgan bitiruvchilari 1 yilgacha vaziyati og‘ir hududlarga jalb qilinishi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tashkil etilishi va uning xodimlariga davlat budjetidan har oylik ustama belgilanishi haqda xabar berilgandi.

Янгиликлар