Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 60 mingga yaqinlashdi

Qozog‘istonda 13-iyul holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 1646 nafarga oshib, 59 899 kishini tashkil qilmoqda, deb xabar beradi Tengrinews.

Foto: “Ont.by”

COVID-19’ga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

– Atirau viloyatida 7928 (+266);

– Olmaota shahrida 7591 (+231);

– Nur-Sulton shahrida 6688 (+123);

– Qarag‘anda viloyatida 6244 (+176);

– Chimkent shahrida 4067 (+81);

– G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida 3990 (+99);

– Olmaota viloyatida 3130 (+34);

– Sharqiy Qozog‘iston viloyatida 3012 (+100);

– Turkiston viloyatida 2230 (+10);

– Jambil viloyatida 2189 (+71);

– Oqto‘be viloyatida 2178 (+63);

– Mang‘istov viloyatida 2049 (+107);

– Pavlodar viloyatida 1803 (+77);

– Qizilo‘rda viloyatida 1784 (+54);

– Shimoliy Qozog‘iston viloyatida 1723 (+70);

– Oqmo‘la viloyatida 1688 (+35);

– Kostanay viloyatida 1605 (+49).

Mamlakatda hozirga qadar koronavirusga chalingan 33 814 nafar bemor sog‘aygan, 375 kishi vafot etgan.

Avvalroq Qozog‘istonda 13-iyul — koronavirus infeksiyasidan vafot etgan fuqarolar xotirasi uchun motam kuni deb e’lon qilingani haqida xabar berilgandi. Bu mamlakat tarixidagi to‘qqizinchi umumxalq motami hisoblanadi.

Dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 13 million kishidan oshdi. Bir kunda kasallanishlar soni 230,7 mingtani tashkil qilgan. Pandemiya boshlangandan buyon 571 660 bemor vafot etgan, 7,5 million kishi tuzalgan.

Янгиликлар