Samarqandda Bo‘stonsaroy ko‘chasi konsepsiyasini yaratishga qaratilgan tanlov uchun 50 mln so‘m pul mukofot qo‘yildi

Samarqand viloyati hokimligi dizayner-loyihachilar uchun Samarqand shahri Bo‘stonsaroy ko‘chasining konsepsiyasini yaratishga qaratilgan g‘oyalar tanlovini e’lon qildi.

Tanlov mukofot jamg‘armasi 50 million so‘mdan iborat bo‘lib, g‘olib batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqilishiga nomzod bo‘ladi. Viloyat hokimligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan ushbu tanlovda Samarand viloyati qurilish bosh boshqarmasi tashkilotchi bo‘lgan. Xabarda aytilishicha, loyiha takliflarini taqdim etish muddati 2020-yil 10-avgustgacha etib belgilangan.

Ishtirok etish istagini bildirganlar tanlov bilan bog‘liq texnik shart va hujjatlar bilan quyidagi manzil orqali tanishishlari mumkin: www.samvilqurilish.uz

Ma’lumot uchun telefon: +998662310941, +998973932402.

Avvalroq Samarqand shahridagi “Orzu Maxmudova” ko‘chasida birinchi gastronomik ko‘cha yaratilishi va G‘ijduvonda qiymati 140 million dollardan ortiq bo‘lgan 40 ta loyiha amalga oshirilishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, O‘zbekistonda har bir investitsiya loyihasi korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilishi ma’lum qilingandi.

Янгиликлар