Toshkentda 15-iyul kuni qanday ob-havo kutilmoqda?
O‘zgidromet” 15-iyul, chorshanba kuni Toshkent shahrida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, poytaxtda havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 37-39 daraja boʻladi.
Avvalroq O‘zbekistonliklar hafta davomida haqiqiy yoz issigʻini his qilishi ma’lum qilingandi.