O‘zbekistonda koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun shu vaqtga qadar qancha mablag‘ sarflangani ma’lum bo‘ldi

O’zbekistonda karantin boshlanganidan buyon qancha mablag‘ sarflangani haqida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov ma’lumot berdi. Bu haqda Review xabar qildi.

Ekspertning ta’kidlashicha, bugungi kungacha O‘zbekistonda koronavirusning tarqalishiga qarshi kurash xarajatlari (testlar, dorilar, himoya vositalari, tibbiyot xodimlariga to‘lanadigan to‘lovlar) uchun 750 milliard so‘mga yaqin mablag‘ sarflangan.

Shundan kelib chiqib, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari joriy etilgan cheklovlarni maqsadga muvofiq deb topgan.

Eslatib o‘tamiz, Obid Hakimov O‘zbekistonda karantin hozir kuchaytirilmasa, dekabrgacha koronavirusga chalinganlar soni 64 mingga yetishi mumkinligi haqida ta’kidlangandi.

Avvalroq O‘zbekistonda karantin tufayli faoliyati to‘xtagan korxonalarning 70 foizi sentabrgacha ishga tushishi haqida xabar berilgan.

Янгиликлар