O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 15 ming nafardan oshdi
O‘zbekistonda 16-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, yana 75 kishida koronavirus tasdiqlanib, kasallanganlarning umumiy soni 15066 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Yangi kasallanish holatlarining
- 57 tasi Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;
- 9 tasi Namangan viloyatida;
- 6 tasi Navoiy viloyatida;
- 3 tasi Farg‘ona viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 16-iyulda Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 95 nafar, Namangan viloyatida 10 nafar, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 9 nafar, Navoiy viloyatida 7 nafar, Xorazm viloyatida 4 nafar hamda Buxoro viloyatida 3 nafar, jami 128 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 8783 nafarga (58 foiz) yetdi. Yana 6208 nafar bemorga shifokorlari tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Kasallik qurbonlari soni esa 76 nafarni tashkil etmoqda.