“Qurilish qiladimi, ‘dacha’ quradimi, tartibga bo‘ysunishi kerak” — Oliy sud raisi o‘rinbosari Bo‘stonliqdagi “snos” haqida

Foto: “TezNews”

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani aholisi uylari buzilayotganidan noroziligi aks etgan video tarqaldi. Ushbu masala yuzasidan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 2-iyul kuni noqonuniy qurilishlarning buzilishi bo‘yicha jurnalistlar uchun press-tur tashkil etdi. Bu haqda “TezNews” muhbiri Shohruh Haydarov xabar berdi.

Aholining fikricha, bu ishlarning boshida Turizm qo‘mitasi boshlig‘i turibdi. Press-turda Oliy sud raisi o‘rinbosari Xolmo‘min Yodgorov tumanda olib borilayotgan “snos” ishlari haqida ma’lumot berdi.

Sud raisining so‘zlariga ko‘ra, ayolning suv bo‘yida qurilgan uyi buzilmoqda. Ayol esa ijtimoiy tarmoqlarda uyimni ogohlantirishsiz buzishmoqda, deb video tarqatgan. Ammo fuqaro ikki oydan beri ogohlantirib kelingan. 2019-yilda 1998-yilgi hujjatni qalbakilashtirib olgan. Chunki o‘sha vaqtda qaynotasi mahalla raisi bo‘lgan. Uy noqonuniy bo‘lgani tufayli yer-mulki uchun kompensastsiya berilmagan.

 

 

Foto: “TezNews”

Foto: “TezNews”

 

Bu yerdagilarning ko‘pchiligi noqonuniy, hujjati qalbaki bo‘lgan uyga katta mablag‘ sarflagan. “Dacha”larning ko‘pchiligi xavfsizlik talablariga javob bermaydi. Yer berishning ham tartib-qoidasi bor. Qurilish qiladimi, “dacha” quradimi, tartibga bo‘ysunishi kerak. Bo‘stonliq – tog‘li hudud. Ertaga kimningdir uyiga sel kelishi, turgan joyi o‘pirilib tushishi mumkin. Ungacha bo‘lgan uylarning barchasini hujjatlashtirib berganmiz. Davlat hech kimni ko‘chada qoldirmoqchi emas, hech kimning uyini buzmoqchi emas. Lekin noqonuniy qurilgan uylarga jim qarab tura olmaymiz.

Qonun bo‘yicha yuqori kuchlanishli elektr liniyalari, suv va yo‘l muhofaza hududlarida turar-joy binolarini qurish mumkin emas. “Novobod” MFYda fuqarolar uchun piyodalar yo‘lakchasi umuman yo‘q. Odamlar ikki tarafdagi yo‘lakni egallab olgan. Kimdir hovlisiga qo‘shib olgan, kimdir ustidan qurilish qilgan. Bolalarning maktabga borib-kelishi muammoli vaziyatga aylangan. Biz mahalla faollari bilan suhbatlashdik, tushuntirish ishlarini olib bordik. Aholi noqonuniy qurilish ishlarini buzib tashlashga o‘zlari rozi bo‘lishdi, — deydi Xolmo‘min Yodgorov.

Foto: “TezNews”

Ma’lumot uchun, hududda bir yil ichida 1193 gektar yer qaytarib olingan. Tumanda buzilayotgan uylar 2018-yil 20-apreldagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan uylarga berilgan bir martalik davlat aksiyasidan keyingi uylar hisoblanadi.

Янгиликлар