Samarqandda karantin qoidalariga amal qilinishi yuzasidan kuchaytirilgan reydlar o‘tkaziladi

Samarqandda karantin qoidalariga amal qilinishi yuzasidan kuchaytirilgan reyd tadbirlari o‘tkaziladi, deb xabar berdi viloyat ichki ishlar boshqarmasi.

“Viloyatimiz hududida karantin qoidalariga amal qilinishi yuzasidan kuchaytirilgan reyd tadbirlari o‘tkaziladi. Karantin cheklovlariga qat’iy rioya qiling”, — deyiladi rasmiy xabarda.

Avvalroq Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov hokimlikda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda koronavirus sabab viloyatda vaziyat yaxshi emasligini ma’lum qilgan edi.

Янгиликлар