Andijonda 95 yoshli onaxonga nogironlar aravachasi topshirildi

Andijon viloyati Paxtaobod tumanida yashovchi 95 yoshli onaxonga viloyat hokimligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi tomonidan nogirlonlar aravachasi topshirildi, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Foto: Paxtaobod tumani hokimligi matbuot xizmati

Viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i hamda viloyat hokimi o‘rinbosari 28-iyul kuni Paxtaobod tumanidagi qariyalar holidan xabar olgan. Xususan, tumanning Uyg‘ur qishlog‘i “Guzar” mahallasida istiqomat qiluvchi 95 yoshli Bahriniso Xoliqovaning nogironlar aravachasiga ehtiyoji bor ekanligi hisobga olinib, onaxonga bir dona nogironlar aravachasi taqdim etilgan.

Foto: Paxtaobod tumani hokimligi matbuot xizmati

Foto: Paxtaobod tumani hokimligi matbuot xizmati

Avvalroq Oltinko‘lda “Saxovat va ko‘mak” harakati doirasida ehtiyojmand oilaga 12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Andijonda kichik biznes bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan ayollarga 100 milliard so‘m kredit ajratilgan.

Янгиликлар