Andijonda bezorilik qilib, fuqaroning “Samsung A-10” telefonini olib qo‘ygan uch nafar o‘smir qo‘lga olindi

Andijon viloyati Andijon tumanida bezorilik qilib, fuqaroning “Samsung A-10” telefonini olib qo‘ygan uch nafar o‘smir qo‘lga olindi. Bu haqida Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Foto: Tergov departamenti

Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyati Andijon tumani “Gumbaz” MFY hududida, 2020-yilning 20-iyul kuni soat 21:30 da fuqaro 21 yoshli J.J., 20 yoshli M.K. va 19 yoshli A.I. bir guruh bo‘lib, M.K.ning boshqaruvida bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinada 36 yoshli D.Z.ni kuzatgan va “Milliy hammom” binosi yonida to‘xtatib, D.Z.ning yuz qismiga urib, yonida bo‘lgan narxi 1 400 000 so‘mlik 1 dona “Samsung A-10” rusumli uyali telefon apparatini ochiqdan ochiq talon-taroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Foto: Tergov departamenti

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida J.J., M.K. va A.I.lar ushlanib, ulardan “ Samsung A-10” rusumli uyali telefon apparati xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a”, “v” bandlari (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha J.J., M.K. va A.I.larga Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “b” bandi (Bosqinchilik) bilan ayb e’lon qilinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgani ma’lum qilindi.

Avvalroq Shahrixonda kam ta’minlangan oilalarga ajratilgan 82 million so‘m budjet mablag‘lari talon-toroj qilingan edi.

Shuningdek, Andijonda salkam 160 million so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani ma’lum bo‘lgan edi.

Янгиликлар