Andijonda ehtiyojmand hamda tadbirkorlikka ishtiyoqi baland maktab bitiruvchilariga 20 mingta jo‘ja tarqatiladi

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida 20 ming dona “Broyler” jo‘ja ochirilib, tarqatishga tayyorlanmoqda. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Pandemiya davrida aholining real daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash maqsadida Oltinko‘l tumani “Robiya nurli istiqboli” fermer xo‘jaligida 20 ming dona “Broyler” jo‘ja ochirilib, ayni damda parvarishiga kirishildi.

Jo‘jalar 10 kundan so‘ng kam ta’minlangan, ehtiyojmand hamda tadbirkorlikka ishtiyoqi baland maktab bitiruvchilariga tarqatiladi. Bu vaqt mobaynida parrandalar xo‘jalik a’zolari tomonidan to‘yimli ozuqalar bilan parvarishlanib, kasalliklarga qarshi emlanadi.

Янгиликлар