Buxoro davlat universitetida bitiruv oqshomi onlayn tashkil etildi
Buxoro davlat universitetida onlayn bitiruv oqshomi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tadbirni Buxoro davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Obidjon Hamidov kirish so‘zi bilan ochib bergan.
Tadbirda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolovning viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga yo‘llagan videomurojaati namoyish etilgan.
Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan ota-onalar farzandlariga saboq bergan barcha ustoz va murabbiylarga, universitet rahbariyatiga o‘z minnatdorliklarini izhor etgan.
Avvalroq O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yilida OTMlarga qancha maktab bitiruvchisi hujjat topshirgani ma’lum qilingan edi. Shuningdek, tibbiyot OTMlarining grant asosida tahsil olgan bitiruvchilari 1 yilgacha vaziyati og‘ir hududlarga jalb qilinishi ma’lum qilindi.