Buxoro viloyati “qizil” hududlar qatoriga qo‘shildi
Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, 4-iyul holatiga ko‘ra, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan tuman (shahar)larning toifalari o‘zgartirildi.
Unga ko‘ra, Buxoro viloyati “qizil” hududlar qatoriga qo‘shildi:
Buxoro viloyati
“Yashil” hudud: Buxoro tumani, Olot tumani, Kogon shahar, Qorako‘l tumani, Peshku tumani, Romitan tumani, Kogon tumani, Qorovulbozor tumani.
“Sariq” hudud: Buxoro shahar.
“Qizil” hudud: Vobkent tumani, G‘ijduvon tumani, Shofirkon tumani va Jondor tumani.