G‘ijduvonda karantin vaqtida noqonuniy faoliyat yuritgan oshxona egalari javobgarlikka tortildi
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor profilaktik tadbir davomida G‘ijduvon tumanida joylashgan kafe sanitariya qoidalariga rioya qilmasdan faoliyat yuritayotganligi aniqlandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kafe egalari karantin paytida muassasani ishlatmaslik to‘g‘risida profilaktika inspektori tomonidan ogohlantirilgan.
Mazkur holat yuzasidan kafe egasi Q.Q. va uning turmush o‘rtog‘iga nisbatan ma’muriy jinoyat to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 2-qimi bilan bayonnoma tuzildi. Tadbir davomida kafeda bo‘lgan shaxslar ham tegishli tartibda ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Avvalroq Qo‘qonda 200 metr mis kabellarni o‘zganing bog‘idan o‘g‘irlagan shaxs javobgarlikka tortilgani, Buxoro viloyatida o‘smirlar va voyaga yetmaganlardan iborat jinoiy guruh avtomobil salonidan 2260 dollar va 500 rubl pulni yashirin ravishda o‘g‘irlagani, Farg‘ona shahrida eshigi qulflanmagan xonadonga kirib, televizor, uyali telefon va velosipedni o‘g‘irlab ketgan jinoyatchi qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.