O‘zbekiston Qurbon hayiti munosabati bilan Afg‘onistonda uch kunlik sulh e’lon qilinganini olqishladi
O‘zbekiston muqaddas Qurbon hayiti munosabati bilan Afg‘onistonda uch kunlik sulh e’lon qilinganini olqishladi. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligi bayonotida ma’lum qilindi.
“Ushbu muborak kunlarda o‘t ochishning to‘xtatilishi afg‘onlararo tinchlik muzokaralarini boshlash uchun zarur sharoit yaratishiga umid qilamiz”, — deyiladi vazirlik bayonotida.
Shuningdek, O‘zbekiston barcha afg‘on tomonlarini mamlakatning tinch kelajagi yo‘lida oqillik va konstruktiv yondashuv namoyish etishga chaqirgan.
Avvalroq O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Vengriya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashgan edi.
Keyinchalik Abdulaziz Komilov Yevropa ittifoqi delegatsiyasi rahbari bilan uchrashdi.