O‘zbekistonda aholi tomonidan talab yuqori bo‘lgan 10 ta davlat xizmati ma’lum qilindi
Davlat xizmatlari agentligi jamoatchilik tomonidan talab yuqori bo‘lgan davlat xizmatlari ro‘yxatini taqdim etdi.
Qayd etishicha, bugungi kunda o‘zbekistonliklar tomonidan talab yuqori bo‘lgan 10 ta davlat xizmati quyidagilar:
1. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni ta’minlaydigan elektron raqamli imzo sertifikatini berish
2. Sudlanganlik haqida ma’lumotnoma berish;
3. STIR ni aniqlash;
4. Tabiy gazni hisobga olish uskunasi (hisoblagich)ni qayta qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazish uchun ariza berish;
5. Fuqarolarga farzand tug‘ilganda to‘lanadigan bir marotabalik nafaqa pulini olish uchun murojaat qilish;
6. Pensiya va nafaqalar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish;
7. Ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
8. Kadastr pasportini kelishish;
9. Fuqarolarning Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati;
10. Fuqarolarning Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish.
Qo‘shimcha qilinishicha, davlat xizmatlari markazlarining filiallari tomonidan 2020-yilning 1-yanvaridan 1-iyul kuniga qadar jami 17 912 ta xizmat ko‘rsatilgan.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda respublikamiz shahar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarida Davlat xizmatlari markazlarining jami 57 ta filiallari faoliyat yuritmoqda.