O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ruslan Sharipov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda va bastakor Ruslan Sharipov 28-iyul kuni 54 yoshda olamdan o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

Ruslan Sharipov 1966-yil 10-sentabr kuni Samarqand shahrida tug‘ilgan. U qo‘shiqchi, musiqachi va bastakor bo‘lgan. Ruslan Sharipov “Bolalar”, “Setora”, “Bayt” guruhlarini tashkil qilgan. 1980-yillar oxiri 1990-yillar boshida o‘zbek estradasining rivojlanishi Ruslan Sharipov nomi bilan bog‘liq. U ko‘p yillar “Tarona” kompaniyasida ham faoliyat yuritgan.

Ruslan Sharipov Nargiz Zokirovaning sobiq turmush o‘rtog‘i hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Anvar Kenjayev, Abdurayim Abduvahobov hamda “Nihol” davlat mukofoti sovrindori Abrorjon Parpiyev vafot etgani haqda xabar berilgandi.

Янгиликлар