Qo‘rg‘ontepada 60 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar holidan xabar olindi (foto)

Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi Qo‘rg‘ontepa tumani bo‘limi tashabbusi bilan tumani hokimligi ijtimoiy himoyaga muhtoj deb topilgan oilalarda hamda kam ta’minlangan xonadonlarda istiqomat qiluvchi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Mehr gulining ifori — ayol” aksiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Qo‘rg‘ontepa tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Qo‘rg‘ontepa tuman hokimligi matbuot xizmati

Ta’kidlanishicha, aksiya davomida tumandagi 103 ta xonadonda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlash, ularning pandemiya davridagi ahvolini o‘rganish harakatlarini olib borish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Qorasuv shahri va Sultonobod shaharchasida istiqomat qiluvchi 60 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning holidan xabar olingan.

Foto: Qo‘rg‘ontepa tuman hokimligi matbuot xizmati

Kam ta’minlanganlar ro‘yxatiga kiritilgan oilalardan tashqari jazoni o‘tash muassasalarida bo‘lgan shaxslarning oila a’zolariga moddiy yordam ko‘rsatilgan. Xotin-qizlarga taqdim etilgan qo‘shimcha yordamlar qatorida adabiy va tarixiy kitoblar ham taqdim etilgan. Ushbu aksiya 29—30-iyul kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Foto: Qo‘rg‘ontepa tuman hokimligi matbuot xizmati

Foto: Qo‘rg‘ontepa tuman hokimligi matbuot xizmati

Avvalroq Oltinko‘lda “Saxovat va ko‘mak” harakati doirasida ehtiyojmand oilaga 12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgani haqda xabar berilgandi.

Янгиликлар