Rossiyada 3 oydan buyon maoshini ololmayotgan muhojirlar quruvchi kompaniyaning ofisiga hujum qildi

Rossiyaning Amur viloyatida “Gazprom” gazni qayta ishlash zavodini qurayotgan ishchilar quruvchi kompaniyaning ofisiga hujum qilishdi. Ularning aksariyatini Markaziy osiyoliklar tashkil etadi.

Ma’lum qilinishicha, o‘nlab quruvchilar Amur gazni qayta ishlash zavodi qurilishida pudratchi bo’lgan “Renaissance Heavy Industries” kompaniyasining ofisiga kirib, atrofdagi barcha narsalarni yo‘q qilishga kirishganlar.

Ishchilarning so‘zlariga ko‘ra, ularga uch oydan beri maosh berilmayapti. Shuning uchun ishchilar pullarini kuch bilan talab qilishga qaror qilishgan. Keyinchalik Amurdagi tartibsizlikni politsiya bartaraf etgan. Quruvchilar tarqatib yuborilgan va eng ashaddiy janjal ko‘targanlar hibsga olingan.

Янгиликлар