Xorijdagi fuqarolarni olib kelish uchun 13—19-iyul kunlari rejalashtirilgan charter reyslar ro‘yxati e’lon qilindi

Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini vatanga olib kelish uchun Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan parvozlar jadvaliga muvofiq, 13—19-iyul kunlari quyidagi charter reyslari amalga oshiriladi:

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

13-iyul: Seul — Toshkent — Seul (Asiana Airlines);

13-iyul: Toshkent — Moskva — Toshkent (Uzbekistan Airways);

14-iyul: Varshava — Toshkent — Riga (SmartLynx Airlines);

15-iyul: Moskva — Toshkent — Moskva (Ural Airlines);

16-iyul: Istanbul — Toshkent — Istanbul (Turkish Airlines);

16—17-iyul: Toshkent — Nyu-York — Toshkent (Uzbekistan Airways);

19-iyul: Toshkent — Vladivostok — Toshkent (Uzbekistan Airways).

Avvalroq mana shunday charter reyslar 5-iyul kuni amalga oshirilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar o‘z xohishiga ko‘ra 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta’minlanadigan karantin markazlarida yoki pullik mehmonxonada o‘tkazishi mumkin.

Янгиликлар