Shavkat Mirziyoyev Putinni Rossiya Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish ishlari muvaffaqqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar berdi, Prezident matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni muhim siyosiy tadbir – Rossiya Konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritish bo‘yicha umummilliy ovoz berish jarayoni muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabriklagan.

Prezidentlar fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda O‘zbekiston delegatsiyasining ishtiroki doirasida Moskva shahrida o‘tgan ikki tomonlama uchrashuvning samarali natijalarini mamnuniyat bilan qayd etganlar.

Shuningdek, Muloqot chog‘ida xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashilgan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Янгиликлар