Andijonda kasb-hunar maktabi o‘z faoliyatini boshladi

Andijon shahrida 4-son kasb-hunar maktabi tashkil etildi, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, ushbu kasb-hunar maktabiga 9-sinfni tamomlagan o‘quvchilar qabul qilinib, ular bank nazoratchisi, raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi, yakka tartibdagi kiyim tikuvchisi, agrobiznes va marketing agenti, mehmonxona xo‘jaligi mutaxassisi, sartarosh (modeler), oshpaz va qandolatchi, sotuvchi, nazoratchi, kassirlik yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olishlari mumkin.

Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati

Shuningdek, mazkur maktab 720 nafar o‘quvchilarga ta’lim berishga mo‘ljallangan bo‘lib, kasb-hunar maktabida o‘qish muddati 2 yildan iborat. O‘quvchilarga byudjet hisobidan oylik stipendiyalar beriladi. Bundan tashqari, ular 3 mahal ovqat bilan ta’minlanadilar. Bitiruvchilar o‘z sohalari bo‘yicha OTMlarda o‘qishni davom ettirishlari mumkin.

Янгиликлар