Samarqandning ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatilishi ma’lum qilindi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi, deb xabar berdi Telegram’dagi Samarqandliklar kanali.

Ma’lum qilinishicha, Kattaqo‘rg‘on shahar “Chinobod” va “Oq Oltin” MFYlari hududida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik dasturi bo‘yicha ta’mirlash va sozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 2020-yil 3-iyul 9:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Янгиликлар