AQShda bir kunda koronavirus bilan kasallanganlar soni rekord darajaga yetdi

AQShda so‘nggi to‘qqiz kun ichida koronavirus bilan kasallanganlarning kunlik o‘sishi bo‘yicha rekord yettinchi marta yangilandi, deb xabar berdi RBK.

Foto: Reuters

AQShda kuniga 57 500 kishi koronavirus bilan kasallanganligi aniqlangan. Bu butun dunyo miqyosidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Taqqoslash uchun, Braziliyada kuniga 42 200, Rossiyada 6 700 ta holat qayd etilgan.

AQShda yangi holatlar bo‘yicha oxirgi maksimal ko‘rsatkich 2-iyul kuni qayd etilgan. O‘shanda kasallanganlarning kunlik ortishi 55 200 kishini tashkil etgandi. Mamlakat yuqumli kasalliklar bo‘yicha bosh mutaxassisi esa ushbu o‘sish ko‘rsatkichi 100 000 tagacha yetishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Ma’lumot uchun, 2020-yil 4-iyul holatiga ko‘ra, AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 2 890 588 nafarni tashkil etmoqda. Shulardan 1 235 488 nafari kasallikdan butunlay sog‘aygan. O‘lim holatlari 132 101 taga teng.

Янгиликлар