Buxoroda koronavirusga chalingan 35 yoshli ayol vafot etdi. O‘zbekistonda kasallik qurbonlari soni 31 nafarga yetdi

Buxoroda koronavirus infeksiyasiga chalingan 35 yoshli ayol vafot etdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Viloyatning Gʻijduvon tumanida yashovchi 35 yoshli ayol D.Sh. 1-iyul kuni koronavirus infeksiyasiga gumon qilinib, Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan.

Unga “Ikki tomonlama pnevmoniya, oʻtkir nafas yetishmovchiligi 3-daraja, semizlik 2-daraja” tashxisi qoʻyilgan.

Shifokorlar tomonidan standartlar asosida oʻtkazilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor oʻtkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etgan.

Shu kunning o‘zida O‘zbekistonda koronavirusdan 30-o‘lim qayd etilgandi, endilikda virus qurbonlari soni 31 nafarga yetdi.

Mamlakatda 4-iyul soat 18:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9611 nafarni tashkil etmoqda. Shundan 6306 nafar bemor sog‘aygan (65 foiz).

Янгиликлар